23/04/2025

Viloyat boʻyicha 2025- yilning yanvar-mart oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 921,7 mlrd soʻmni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 7,6 % ga oʻsdi.

Ulgurji savdo aylanmasida kichik biznes subektlarining koʻrsatkichlari salmoqli boʻlib, umumiy hajmi 1 862,9 mlrd soʻmni, 2024- yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 114,1 % ni tashkil qildi.

Viloyatda jami ulgurji savdo hajmida ushbu sektorning ulushi esa 96,9 % ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati