17/04/2025

Manbalarda keltirilishicha, Oʻzbekiston hududida dastlabki aholini roʻyxatga olish 1897-yilda Turkiston general-gubernatorligi tomonidan oʻtkazilgan. Bu boradagi maʼlumotlar XIX asr oxirida Oʻzbekistonda mavjud oilalar (va aholi) soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tugʻilish, oʻlim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan.

Oʻzbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989-yillarda aholini roʻyxatga olish ishlari tashkil etilgan.

1989-yilda oʻtkazilgan roʻyxatga olish  natijalariga koʻra, respublikamizning aholisi soni  19,7 mln kishini tashkil qilgan.

 

Aholini roʻyxatga olish tarixi