11/04/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2025-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 37 697,8 ming kishini tashkil etdi.

 Doimiy aholi sonining yosh guruhlari boʻyicha tarkibi quyidagicha:

mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar – 12 116,3 ming kishi (32,1 %);

mehnatga layoqatli yoshdagilar – 21 112,5 ming kishi (56,0 %);

mehnatga layoqatli yoshdan kattalar – 4 469,0 ming kishi (11,9 %).

 

Matbuot xizmati