2025- yil yanvar-fevral oylarida Xiva tumanida faoliyat yuritayotgan 254 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 73,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Tuman sanoatida yuqori ulush to‘qimachilik mahsulotlari chiqarish hissasiga to‘g‘ri kelib 76,6 % ni yoki 56,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, ishlab chiqarish hajmida oziq-ovqat mahsulotlari (10,8 %), boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish (2,5 %) faoliyat yo‘nalishlari salmoqli ulushga ega bo‘lgan.
Axborot xizmati