10/04/2025

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Yangibozor tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 6,8 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan 96,0 %i yoki 6,5 mln dollari eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 35,7 % ga ko‘paygan.

Viloyat eksportida tumanning ulushi 9,1 % ni tashkil qilgan.

Eksport tarkibida yuqori hajm oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri kelgan va 6,0 mln dollarni (jami eksportning 92,4 %ini) tashkil etgan.

 

Axborot xizmati