2025- yil yanvar-fevral oylarida Shovot tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 179,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich viloyat sanoatining 4,2 % ulushiga to‘g‘ri kelgan.
Tuman sanoatida yuqori ulush to‘qimachilik mahsulotlari chiqarish hissasiga to‘g‘ri kelib 69,4 % ni yoki 124,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, ishlab chiqarish hajmida oziq-ovqat mahsulotlari (15,0 %), boshqa nometall mineral mahsulotlari (5,9 %) va kiyim ishlab chiqarish (5,2 %) faoliyat yo‘nalishlari salmoqli ulushga ega bo‘lgan.
Axborot xizmati