09/04/2025

2025- yilning yanvar-fevral oylarida Urganch shahrida 371,5 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 35,2 % ni tashkil etgan.

O‘tgan yilning yanvar-fevral oylari bilan solishtirilganda, ushbu turdagi xizmatlar hajmi 8,2 % ga oshgani kuzatilgan.

Joriy yilning 2 oyida Urganch shahrida  1 055,9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

 

Axborot xizmati