07/04/2025

2025- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 36,7 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024- yilning mos davri bilan taqqoslaganda ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 125,4 % ni tashkil qildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan tarmoq tarkibida:

 

tabiiy suv, suvga ishlov berish va suv bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar - 13,8 % ga

xavfsiz chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlar - 41,4 % ga oshgan,

oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar - 19,7 % ga kamaygani kuzatildi.

 

Axborot xizmati