2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda 178,0 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.
Xo‘jalik toifalari orasida meva va rezavorlar yetishtirishning eng katta hajmi, ya’ni 111,9 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 62,9 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etildi.
Shuningdek, hosilning 63,0 ming tonnasi fermer xo‘jaliklari, 3,1 ming tonnasi qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Meva va rezavorlar yetishtirishda yuqori ulushga ega hududlar:
Shovot tumani – 13,9 %
Xiva tumani – 12,0 %
Bogʻot tumani - 10,9 %
Urganch tumani - 10,2 %
Xonqa tumani – 9,3 %.
Axborot xizmati