04/02/2025

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.


  
 Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2024- yil yanvar oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 9,9 % ni tashkil etgan.
  
 2025- yilning yanvar oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,8 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 1,1 % ga oshgani kuzatilgan.

 Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 120 mingdan ziyod narxlar qayd etilgan.
  
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

 

Matbuot xizmati