27/01/2025

2024- yilning yanvar- dekabr oylarida Shovot tumanida  356,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan  o‘sish sur’ati 114,9 % ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat tariga ko‘ra, jami qurilish ishlarining 327,1 mlrd so‘mi yoki 91,8 % bino va inshootlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, tumanda 25,6 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilishi va 3,5 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarilgan.

 Axborot xizmati