16/01/2025

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijga 2,65 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 10,9 % ini tashkil etgan.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha (AQSH dollarida):

ip kalava – 1,15 mlrd;

tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 1,04 mlrd;

trikotaj mato – 271,4 mln;

gazlamalar – 134,9 mln;

paypoq mahsulotlari – 38,2 mln.

  Matbuot xizmati