16/01/2025

2025- yilning  1- yanvar holatiga Tuproqqal’a tumanida 966 ta korxona va tashkilot ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 685 tasi faoliyat yuritgan.

O‘tgan yilning 1- yanvari bilan taqqoslaganda, faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 54 taga kamaygan.

Tuman bo‘yicha eng ko‘p korxona va tashkilot savdo (188 ta), sanoat (134 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (113 ta), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (48 ta) yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatgan.

 Axborot xizmati