14/01/2025

Bugun Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14- yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib  o‘tdi.



Tadbir davomida el-yurt himoyasi, tinchligi, sarhadlar xavfsizligi yo‘lida fidokorona va sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan harbiylar bilan bir qatorda, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida o‘z bilim, ko‘nikma va salohiyati bilan munosib hissa qo‘shayotgan davlat xizmatchilarining mehnatlari alohida e’tirof etildi.

 Axborot xizmati