2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Yangibozor tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 38,4 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,3 % ga ko‘paydi.
TSA tarkibida eksport hajmi 36,1 mln dollarni, import 2,3 mln dollarni tashkil qildi.
Tuman eksportida eng yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 93,1 % (33,6 mln dollar) ni tashkil etgan bo‘lsa, import tarkibida kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar 48,3 % (1,1 mln dollar) ni tashkil etdi.
Axborot xizmati