Xorazm viloyati statistika boshqarmasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘iboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminarlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi shu kabi seminar 2025- yilning 3- yanvar kuni o‘tkazildi.
Seminar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024- yil 27- dekabrdagi PF-229-son Farmoni bo‘yicha xodimlarga zarur ma’lumotlar havola etildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bozorda teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash, shuningdek, yashirin iqtisodiyotning ulushini qisqartirish maqsadini ko‘zlovchi ushbu Farmonning qabul qilinishi bilan amaliyotga kiritilayotgan yangiliklar, soliq va bojxona imtiyozlari haqida gapirib o‘tdi.
Axborot xizmati