27/12/2024

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida 66,6 ming nafar Xitoy fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

 Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,1 ming nafarga yoki 56,8 % ga oshgan.

 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Xitoy fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

sayyohlik – 53 964 nafar;

xizmat yuzasidan – 9 598 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 1 156 nafar;

tijorat – 1 132 nafar;

o‘qish – 753 nafar;

davolanish – 2 nafar.

 Matbuot xizmati