27/12/2024

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘iboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminarlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi shu kabi seminar 27- dekabr kuni o‘tkazildi. Seminar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruv sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022- yil  11- maydagi PQ-240-son qarorining ijrosiga yo‘naltirilgan boshqarmaning “2024- yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbir rejasi” ni bajarish bo‘yicha bosh yuriskonsult xodimlarga zarur ma’lumotlarni havola etdi. Shu bilan bir qatorda Statistika agentligining 2023- yil 20- iyundagi 37-son buyrug‘i mazmun-mohiyati tushuntirilib, xodimlarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminarda shuningdek, dekabr oyida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi.


Axborot xizmati