2024- yilning 3- dekabr kuni Ma’mun universiteti nodavlat oliy ta’lim muassasida seminar tashkil etildi.
Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari qatnashdilar.
Seminarda ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi, mavzuga doir ijtimoiy rolik namoyish etildi.
Tadbir yakunida talabalarning mavzuga oid savollariga javob berildi.
Axborot xizmati