Joriy yilning 10 oyida Yangiariq tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 20,1 mln AQSH dollariga teng bo‘ldi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan TSA hajmining o‘sish sur’ati 954,7 % ni tashkil etdi.
TSA ning salmoqli qismi eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan va 13,5 mln dollar yoki umumiy hajmning 67,1 % ini tashkil qilgan.
Eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari (86,8 %), nooziq-ovqat xom ashyosi (10,3 %) va sanoat tovarlarining (1,6 %) ulushi yuqori bo‘lgan.
Axborot xizmati