29/11/2024

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘iboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminarlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi shu kabi seminar 29- noyabr kuni o‘tkazildi.
Seminar davomida boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2024- yil 25- noyabrda qabul qilingan PQ-405 sonli Prezident Qarorining mazmuni va ahamiyati bilan tanishtirdi.

Joriy yilning noyabr oyi davomida qonunchilikdagi boshqa o‘zgarish va yangiliklar bo‘yicha tushuntirishlar ham berildi.

Axborot xizmati