29/11/2024

Aholi xonadonlari, turar va noturar obyektlarining tegishli tartibda raqamlanishi, ko‘chalarga nom belgilarining qo‘yilishi aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda alohida o‘rin tutadi. Tadbirni muddatida va samarali bajarishda barcha turar va noturar binolar raqamlangan va ko‘chalarga nom belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Shu bilan bir qatorda ro‘yxatga olinadigan hududdagi barcha uylar va kvartiralarni o‘z ichiga olgan manzil reestri ishlab chiqilib, yangi binolar, buzilishlar, manzillar tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida muntazam yangilanib boriladi.

Bugungi kunda viloyatimizning barcha hududlarida mahallalar kesimida statistika idoralari tomonidan yuqoridagi holatlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklar vaqtida bartaraf qilinmoqda.

Suratlarda: viloyatning Xiva shahri, Tuproqqal’a, Shovot, Gurlan tumanlarida o‘rganishlar olib borildi.

 Axborot xizmati