26/11/2024

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari hajmi 652,5 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda 10,8 % ga oshdi.

Hududlar kesimida ushbu xizmat turining eng yuqori hajmi va o‘sish sur’ati Urganch shahrida qayd etilgan bo‘lib, 113,2 mlrd so‘m va 118,4 % ni tashkil qildi.

Shuningdek, yuqori hajm Bog‘ot (58,0 mlrd so‘m), Xiva (38,5 mlrd so‘m) tumanlari va Xiva shahri (36,6 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi.

 Axborot xizmati