Joriy yilning 9 oyida viloyat bo‘yicha 477,1 ming tonna don mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, hududlar orasida eng yuqori ulush Xonqa tumani hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ko‘rilayotgan davrda tumandagi barcha xo‘jaliklarda 57,0 ming tonna yoki viloyat umumiy hosilining 11,9 % iga teng bo‘lgan don yetishtirildi.
2023- yilning yanvar-sentabriga nisbatan yetishtirilgan hosil hajmi 27,7 % ga o‘sdi.
Axborot xizmati