Xiva tumanida 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida 17,3 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirildi.
Bu viloyat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir.
2023- yilning 9 oyi bilan taqqoslaganda, tumanda meva va rezavor yetishtirish hajmi 4,8 % ga ko‘paydi.
Tumanda yetishtirilgan mahsulotning 4,6 ming tonnasi fermer xo‘jaliklari, 12,6 ming tonnasi shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari, 0,1 ming tonnasi qishloq xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati