2024- yil yanvar-mart oylarida Hazorasp tumanida asosiy kapitalga 77,3 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda investitsiyalar hajmi 10,8 %ga oshgan.
Umumiy hajmning 99,6 %i markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Markazlashmagan investitsiyalarning tarkibi:
korxonalarning o‘z mablag‘lari – 11,8 mlrd so‘m
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar – 7,4 mlrd so‘m
aholi mablag‘lari – 51,9 mlrd so‘m
bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari – 5,9 mlrd so‘m.
Axborot xizmati