2026- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 5 022,4 mlrd soʻmlik ishlar amalga oshirildi.

Bu koʻrsatkich qurilish ishlari umumiy hajmining 42,7 %ini tashkil etadi.
2025-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan ushbu sektordagi ishlar hajmi 20,5 % ga oshdi.
Hududlar orasida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan yuqori hajmdagi qurilish ishlari Urganch shahri (1 109,5 mlrd soʻm) va Urganch tumanida (997,5 mlrd soʻm) bajarilgan.
Axborot xizmati



