30/09/2026

2026- yilning 30-sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirish boʻyicha navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi.

Xodimlarning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini kengaytirishga yoʻnaltirilgan seminarda ishtirokchilarga “Xorazm viloyatida qattiy maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ- 328-sonli Prezident qarori tanishtirildi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarni viloyat statistika boshqarmasi tizimida 2026-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Idoraviy chora-tadbirlar rejasi bilan tanishtirib, uni amalga oshirishda eʼtibor qaratishi zarur boʻlgan jihatlari xususida maʼlumot berib oʻtdi.

Shuningdek, joriy yilning sentyabr oyida qonunchilikdagi yangiliklar boʻyicha axborot berildi.

 

Axborot xizmati