04/04/2024

Joriy yilning  yanvar-fevral oylarida Urganch tumani sanoat korxonalari tomonidan  184,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich viloyat sanoat ishlab chiqarishining 5,9 %ini tashkil qilgan.

Ishlab chiqarishning tarkibida to‘qimachilik  (64,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari (14,0 %), boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish (6,8 %) yo‘nalishlarining ulushi yuqori bo‘lgan. Tuman sanoat ishlab chiqarishining 62,2 %i yoki 115,0 mlrd so‘mi yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Axborot xizmati