2024- yilning yanvar-fevral oylarida viloyat bo‘yicha yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 69 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan.
Bu ko‘rsatkich sohada faoliyat yuritayotgan jami korxonalar sonining 4,3 %iga to‘g‘ri kelgan.
2023- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan yashash va ovqatlanish sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 19 taga ko‘paygan.
Axborot xizmati