2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 974,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 103,5 ming nafarga yoki 11,9 % ga oshgan.
Joriy yilning dastlabki 2 oyida eng koʻp quyidagi mamlakatlar fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan (nafar):
Tojikiston — 363,4 ming;
Qirgʻiz Respublikasi — 291,1 ming;
Qozogʻiston — 155,9 ming;
Rossiya — 77,9 ming;
Turkmaniston — 20,2 ming;
Turkiya —14,3 ming;
Hindiston — 7,0 ming;
Xitoy — 5,5 ming;
Janubiy Koreya — 5,4 ming;
Belarus — 2,2 ming;
Boshqa davlatlar — 31,3 ming.
Matbuot xizmati