19/03/2024

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Xorazm viloyatida bajarilgan qurilish ishlari hajmining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

    - binolar va inshootlar qurilish ishlari – 320,8 mlrd so‘m ( umumiy hajmning 66,4 %i, 2023 yilning yanvar-fevraliga nisbatan o‘sish sur’ati 108,8 %);

    - fuqarolik obyektlarini qurilish ishlari – 143,4 mlrd so‘m (29,7 % ulush, o‘sish sur’ati 123,9 %);

    - ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 18,7 mlrd so‘m (3,9 % ulush, o‘sish sur’ati 83,3 %).

 Axborot xizmati