14/03/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Bog‘ot tumanida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 53,3 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning shu davriga nisbatan 183,2 %ni tashkil qilgan.

Markazlashgan investitsiyalar tarkibida respublika byudjeti mablag‘lari 35,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich viloyat bo‘yicha o‘zlashtirilgan shu turdagi investitsiyalarning 4,7 % iga to‘g‘ri kelgan.

  Axborot xizmati