2024- yilning yanvar oyida Gurlan tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 3,0 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 87,7 % darajada qayd etilgan (12,3 %ga kamaygan).
TSA tarkibida :
eksport – 76,4 %
import – 23,6 % ulushga ega bo‘lgan.
Hudud eksporti hajmida yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari (59,2 %), import tarkibida mashina va trasnport uskunalari (97,6 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati