Joriy yilning 14- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Unda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tezkor bo‘limi xodimlari N.Matrasulov va T.Shamakovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda boshqarma xodimlari bilan korrupsiya, uning kelib chiqish sabablari, oqibatlari, ko‘rinishlari xususida suhbatlashildi.
Shu bilan bir qatorda davlat idoralari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasida alohida tushuntirishlar berildi.
Seminar so‘nggida mavzuga doir savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Axborot xizmati