2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 160,3 mlrd soʻmlik ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 7,7 % ga oshdi.
Bu koʻrsatkichning barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2,4 % ni tashkil etdi.