13/03/2024

2024- yilning  yanvar oyida Xonqa tumanidagi sanoat korxonalari tomonidan 76,6 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Viloyat sanoatida tumanning ulushi 6,4 %ni tashkil qilgan.

Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmida yuqori ulushga ega faoliyat turlari:

to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 65,4 %
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 23,9 %
mebel ishlab chiqarish – 4,4 %
kiyim ishlab chiqarish – 2,1 %.

Tuman sanoat ishlab chiqarishining 69,5 %i yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Axborot xizmati