2022/2023-oʻquv yili boshiga mamlakatimizda, oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishiga qabul qilingan talabalar soni 275 496 nafarni tashkil etgan.
Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan talabalar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:
Taʼlim – 86 079 nafar;
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 47 273 nafar;
Biznes, boshqaruv va huquq – 37 579 nafar;
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 23 468 nafar;
Sanʼat va gumanitar fanlar – 20 361 nafar;
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 16 368 nafar;
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 14 624 nafar;
Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 11 137 nafar;
Xizmatlar – 10 713 nafar;
Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 7 894 nafarni tashkil etgan.
Matbuot xizmati