27/02/2024

2024- yilning yanvar oyida ishlab chiqaradigan sanoatda hajmi 1 128,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich jami sanoat ishlab chiqarishining 94,5 % ini tashkil etdi.

 

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibi:

mashina va asbob- uskunalar ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim tirkamalar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasining ulushi – 41,7 % to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 35,2 %

oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 16,0 %

yog‘och va po‘kak buyumlar (mebeldan tashqari), poxol va to`qish uchun materiallardan buyumlar, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi – 3,4 %

kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi – 0,6 %

metallurgiya sanoatining ulushi – 0,1 %.

 

Axborot xizmati