2024- yil yanvar oyida viloyatimizning asosiy hamkorlari bo‘lgan Rossiya, Pokiston, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, XXR va Turkiya kabi davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi 91,0 % ni tashkil etdi.
Ushbu davlatlarga amalga oshirilgan eksporti hajmi (ulushi bilan):
Rossiya – 9,0 mln AQSH dollari (33,7 %)
Pokiston – 4,6 mln dollar (17,1 %)
Afg‘oniston – 3,3 mln dollar (12,3 %)
Eron – 2,3 mln dollar (8,7 %)
Qozog‘iston – 1,8 mln dollar (6,7 %)
Xitoy - 1,7 mln dollar (6,4 %)
Turkiya – 1,6 mln dollar (6,1 %).
Axborot xizmati