2024- yilning yanvar oyida viloyatimizda avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi hajmi 368,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan savdo hajmi 10,6 %ga ko‘paydi.
Shundan:
yirik korxonalar savdo hajmi 197,8 mlrd so‘m (o‘sish sur’ati – 117,4 %)
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi – 170,4 mlrd so‘m (o‘sish sur’ati – 103,6 %).
Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda, eng yuqori hajm Urganch shahri (331,8 mlrd. so‘m), Hazorasp (8,6 mlrd. so‘m) va Xonqa (6,7 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Axborot xizmati