2024– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, viloyatda mavjud qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 497,2 mingtaga yetdi.
2022– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda ularning soni 12,5 mingtaga (2,6 %) ko‘paydi.
2024– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, jamiga nisbatan 76,8 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar orasida eng ko‘p boqilayotgan qo‘y va echki soni Qo‘shko‘pir tumanida qayd etilgan va 91,4 ming boshni tashkil qilgan
Axborot xizmati