2024- yilning 12- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida viloyatimizda faoliyat yuritib kelayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Statistika agentligi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari Q.A.Xudoyqulov, boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotning asosiy maqsadi 2023-yil yakunlari boʻyicha yillik 1-kb shakli statistika hisobotini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini taqdim etishda uslubiy yordam berishga yo‘naltirilgan.
Joriy yilning fevral oyida topshirilishi belgilangan 1-kb shakli statistika hisobotini taqdim qilishda yuzaga keladigan masalalarning oldini olish bo‘yicha hisobotning har bir boʻlimi, ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha ishtirokichlarga batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berib o‘tildi.
Bo‘lim boshlig‘i B.Tillayev tomonidan hisobotni to‘g‘ri va sifatli to‘ldirish bo‘yicha metodik tavsiyalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Ochiq muloqot so‘nggida kichik tadbirkorlik subyektlarining savollariga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati