13/02/2024

2024- yilning fevral oyida viloyatimizning barcha hududlarida yakka tartibda qurilib foydalanishga topshirilgan uy joylarning 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
       Joriy yilning 12- fevral kuni viloyat statistika boshqarmasi Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i  B.Tillayev Shovot tumani statistika bo‘limi boshlig‘i M.Ahmedov bilan birgalikda tumandagi  “Xitoy” va “Royat” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan turar-joylarning tanlanma kuzatuvini o‘tkazishdi.


        Tanlama kuzatuvi natijasida, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.


Axborot xizmati