2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Xonqa tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 878,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Tumanning viloyat umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 6,6 %ni tashkil qilgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori hajm transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 262,5 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.
Shuningdek, quyidagi xizmat turlari yuqori hajmga ega bo‘lgan:
savdo – 248,7 mlrd so‘m
moliyaviy – 155,0 mlrd so‘m
aloqa va axborotlashtirish – 60,0 mlrd so‘m
kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari – 33,9 mlrd so‘m.
Axborot xizmati