Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilda O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 352,1 trln so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 53,4 % ga yetgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
— Xitoy – 25,6 %
— Rossiya – 13,4 %
— Saudiya Arabistoni – 7,9 %
— Turkiya – 6,4 %
— BAA – 5,8 %
— Germaniya – 4,3 %
Matbuot xizmati