17/01/2024

Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2024- yilning 1- yanvar holatiga 23 989 tani tashkil qilgan.

2020- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 8 444 taga oshgan (o‘sish sur’ati 154,3 %).

 

Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi:

savdo – 38,5 %

sanoat – 16,8 %

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 11,2 %

qurilish – 7,3 %

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 6,8 %

tashish va saqlash – 4,6 %

axborot va aloqa – 1,6 %

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2,3 %

boshqa turlari – 10,9 %.

 

Axborot xizmati