Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovaraylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 12 706,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 8,5 %ga ko‘paydi.
Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 94,9 %ni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalarning chakana savdo hajmida yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan hududlar:
Urganch shahri – 111,4 %
Yangiariq tumani – 110,5 %
Xiva shahri – 110,2 %
Tuproqqal’a tumani – 109,7 %
Qo‘shko‘pir tumani – 108,9 %.
Axborot xizmati