26/12/2023

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida  Qo‘shko‘pir tumanida 362,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 55,1 %i yoki 199,5 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hisobot davrida norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari tarkibi:

yangi turar-joylar qurilishi ishlari – 132,5 mlrd so‘m

yangi noturar-joylar qurilishi ishlari – 54,5 mlrd so‘m

turar joylarni ta’mirlash ishlari – 12,5  mlrd so‘m.

 

Axborot xizmati