30/11/2023

2023- yilning 1- noyabr holatiga Xorazm viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 134 tani tashkil etgan.

Davlatlar kesimida eng ko‘p korxona Rossiya Federatsiyasi (umumiy sondagi ulushi 25,4 %), Turkmaniston (11,2 %), Xitoy (3,7 %) va Janubiy Koreya (3,7 %) kapitali ishtirokida faoliyat ko‘rsatgan.

Faoliyat turi bo‘yicha  sanoat (42 ta), savdo (33 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (15 ta), qurilish (11 ta) sohalarida shu turdagi korxonalar salmog‘i yuqori bo‘lgan.

 

Axborot xizmati